Muloqot avvalida Jyen Çung kompaniya faoliyati töğrisida taqdimot ötkazdi. Uning aytişiça, kompaniya köp yillardan buyon "Halol" standartlari asosida sut mahsulotlari va salqin içimliklarni işlab çiqariş hamda yetkazib beriş böyiça mamlakatda yetakçi örinlardan birini egallab kelmoqda.
Kompaniyaning ulkan tajribasi va salohiyati, şuningdek mamlakatimizda tabiiy sut va sarxil mevalarni qayta işlaş uçun xomaşyo bazasi mavjudligini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga "Halol" standartlari asosida Özbekiston hududlarida sut mahsulotlari va quruq sut, salqin içimliklar, turli xil şarbatlarni işlab çiqariş böyiça loyihalarni özaro hamkorlikda amalga oşiriş böyiça takliflar bildirildi.
"Özbekiston aholisi soni va mamlakatning tez suratlarda rivojlanib borayotganligini inobatga olib, mamlakatingiz bozori kompaniyamiz uçun qiziqarli bölişi mumkin. Kompaniya mahsulotlariga bölgan talabni örganiş, mavjud xomaşyo bazasini inobatga olgan holda işlab çiqariş imkoniyatlarini tahlil qiliş uçun vakillarimizni Özbekistonga yuborişga tayyormiz", – dedi boş menejer Çang Jyen Çung.








