Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. Chorak finalning ilk bahsida yutqazgan Sardor Rashidov jamoasiga texnik g‘alaba yozib berildi
Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov a'zosi bo‘lgan Qatarning «Al-Jaish» klubi Birlashgan Arab Amirliklarining «An-Nasr» jamoasiga 0:3 hisobida yutqazgandi.
Keyinroq qatarliklar jamoasi BAA klubi ustidan shikoyat yozib, raqib safida harakat qilgan Santos Vanderleyning hujjatlari soxtallashtirilgani, «Al-Jaish» darvozasiga 2ta gol urgan bu futbolchi indoneziyalik emas, braziliyalik ekanini isbotlashga uringandi.
OChL reglamentiga ko‘ra, har bir klub musobaqa uchun 3 nafar xorijiy va 1 nafar osiyolik legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. «An-Nasr» safida harakat qilgan asli braziliyalik Santos Vanderley esa BAA Pro ligasida Indoneziya fuqarosi sifatida qayd etilgan.
«Championat.asia» nashrining xabar berishicha, OFK «Al-Jaish»ning shikoyatini qanoatlantirgan. Unga ko‘ra Qatar klubiga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan.
Mazkur jamoalarning BAAda bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini 14 sentabrga belgilangan.
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
23:05 / 05.11.2025