AQSh telekanali Xillari Klintonni "o‘ldiga" chiqarib qo‘ydi
Nyu-Yorkdagi ABC7 telekompaniyasi jurnalisti yanglishib, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘lganini e'lon qildi. Bu holat tasvirlangan video Mediaite.com portalida chop etildi.
"Biz shoshilinch xabarlarni Xillari Klintonning vafoti bilan boshlaymiz", deb aytdi teleboshlovchi Jo Torres. So‘ngra Torres hamkasbi bilan Klintonning salomatligini muhokama qilishga tushib ketadi.
Boshlovchining so‘zlari bilan birga Klintonning Nyu-Yorkdagi tadbirda tobi qochib, mashina o‘tkazilayotgani tasvirlangan video ketadi. Videoda yordamchilari tomonidan ushlab turilgan Klinton chayqalib, yiqilib tushgani ham aks etgan.
Klinton shtabi uning tirikligini ma'lum qilib, keyingi haftada Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida uchrashishini aytdi.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
22:12 / 02.01.2020
Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi
11:58 / 05.03.2019
Xillari Klinton prezidentlikka nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi
14:34 / 25.02.2019