Sport | 09:59 / 16.09.2016
12996
2 daqiqa o‘qiladi

3:0 hisobida yutqazayotgan "Zenit" 15 daqiqa ichida g‘alabani ilib ketdi

Yevropa Ligasining 1-tur uchrashuvlari kutilmagan natijalarni taqdim qilmoqda. 

Isroilda "Makkabi" jamoasi "Zenit"ga qarshi to‘p surdi. Mezbonlar 26, 50 va 70-daqiqalarda piterliklar darvozasini ishg‘ol qilib, 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Shundan keyin  "Zenit" irodasini namoyish qilib, haqiqiy "kambek"ni amalga oshirishdi. 76-daqiqada Kokorin oradagi farqni qisqartirdi, - 3:1. 84-daqiqaga kelib Maurisio yana bir marotaba mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi, - 3:2. 86 va 90-daqiqalarda ham "Zenit" futbolchilari yana ikki marotaba to‘p kirita olishdi. Shunday qilib, Mircha Luchesku shogirdlari 15 daqiqa ichida "Makkabi" darvozasini 4 marotaba ishg‘ol qilgan holda, fantastik g‘alabani tantana qildi.

Makkabi Tel-Aviv Isroil – Zenit Rossiya 3:4 (1:0, 2:4)

Gollar: 1:0 – 26 Medunyanin, 2:0 – 50 Kyartansson, 3:0 – 70 Medunyanin, 3:1 – 76 Kokorin, 3:2 – 84 Maurisio, 3:3 – 86 Juliano, 3:4 – 90 Djordjyevich. 

Makkabi Tel-Aviv – Raykovich, Ben Xaim, Ben Xarush, Dasa, Filipenko, Igebor, Alberman, Benayun (Mixa, 79), Medunyanin, Ben Xaim (Perets, 85), Kyartansson (Ben Basat, 75).

Zenit – Lodigin, Netu, Krishito, Smolnikov, Juliano, Vittsel, Mak, Garsiya (Maurisio, 71), Jirkov (Novoseltsev, 90), Kerjakov (Djordjyevich, 61), Kokorin.

Ogohlantirish: Kokorin (19), Garsiya (57), Vittsel (60), Raykovich (77), Dasa (78), Mixa (83), Medunyanin (87).

Chetlatish: Dasa (81).


 

Mavzuga oid