Sport | 09:04 / 17.09.2016
15504
1 daqiqa o‘qiladi

Rio Paralimpiyasining so‘nggi kunida O‘zbekiston vakillari sportning to‘rt turi bo‘yicha bahs olib boradi

Rio-de-Janeyroda o‘tkazilayotgan Paralimpiya bahslarining so‘nggi - 17 sentabr kungi bahslarida sportning to‘rt turi bo‘yicha o‘zbekistonlik olti nafar sportchi bahs olib boradi.

Dmitriy Xorlin - 50 metrga erkin usulda suzish. Saralash bosqichi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:19da o‘tkaziladi.

Muzaffar Tursunxo‘jayev, Kirill Pankov - 100 metrga chalqancha usulda suzish. Saralash bosqichi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:39da o‘tkaziladi.

Mansur Abdurashidov, Faxriddin Hamroyev - 200 metrga yugurish, Yarim final. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:21da o‘tkaziladi. 

Nozimaxon Qayumova - Nayza uloqtirish. Final. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 03:41da (18.09.1016)  o‘tkaziladi.


Eslatib o‘tamiz, XV Paralimpiya musobaqasida O‘zbekiston jamoasi medallar soni bo‘yicha 11-o‘rinda (7-6-17, jami-30ta), medallar sifati bo‘yicha esa 16-o‘rinda bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish