Jamiyat | 20:16 / 18.09.2016
14068
1 daqiqa o‘qiladi

Talab va istaklarga binoan China shashlik endi Makro’da

Avval xabar berganimizdek poytaxtimizda O‘zbekistonda ilgari bo‘lmagan, o‘zida Xitoy retsepti va o‘zbekona mazani uyg‘unlashtirgan taomlar ulashguvchi China shashlik restoranlar tarmog‘i ishga tushgan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, talab va istaklar inobatga olinib, tarmoq yanada kengaytirildi. Bunga, birinchi navbatda, ushbu restoranlar tarmog‘i tomonidan xo‘randalarga taqdim etilayotgan mazali taomlar, xizmat ko‘rsatish sifatining yuqoriligi va cho‘ntakbop narxlar sabab bo‘ldi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, China shashlik restoranlar tarmog‘i Toshkent shahrining “Chilonzor savdo markazi”da joylashgan Makro supermarketida o‘z ishini boshladi. 

Shuni alohida ta'kidlash kerak-ki, shu paytga qadar super va gipermarketlar ichida shashlik taqdim etuvchi shoxobchalar mavjud emas edi. Bu borada China shashlik ilk qadamni tashladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid