Xitoyda sotilgan 2ta Galaxy Note 7 portlab ketdi

Xitoyda Samsung smartfonlari portlab ketishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda Bloomberg xabar tarqatgan.
19 sentabr kuni Janubiy Koreya kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan ikkita Galaxy Note 7 smartfoni portlashi qayd etilgan.
Samsung kompaniyasidagilarning bildirishicha, bu smartfonlarga ATL kompaniyasi tomonidan tayyorlangan batareyalar o‘rnatilgandi. Boshqa mamlakatlarga sotilgan va muammolar kuzatilgan smartfonlarda esa Samsung SDI kompaniyasi tayyorlagan mahsulotlar o‘rnatilgan.
Samsung SDI kompaniyasi Galaxy Note 7 uchun batareyalarning 70 foizini yetkazib bergan.
Sentyabr oyi boshida Samsung Galaxy Note 7 sotuvi boshlangan vaqtdan buyon AQShda smartfonning yonib ketishi bilan bog‘liq o‘nlab holatlar qayd etilgani ma'lum bo‘lgach, kompaniya o‘z mahsulotidan foydalanish xavfli ekanini tan oldi.
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 yonib ketishining dastlabki sababini ma'lum qilgan. Bunga ishlab chiqarishdagi xatoliklar sabab bo‘lgan. Nuqson batareyalar tarkibidagi plastinaga bosim ko‘rsatilishi natijasida kelib chiqqan. Samsung’dagilar batareya shikastlanishining «aniq sababi»ni topish uchun yanada puxtaroq tahlil o‘tkazish zarurligini ta'kidladi.
Hozirda Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini almashtirishni yo‘lga qo‘ygan. Barcha mahsulotlar yangisiga almashtirib berilmoqda.
Bu muammolar kompaniyaga katta zarar keltirmoqda. 12 sentabr, dushanba kuni Seuldagi Koreya birjasida savdolar yakunlanadigan payt ularning narxi donasi uchun avvalgidek 1,639 million von (1487 dollar) emas, 1,465 million vonni tashkil etdi.
Ekspertlar taxminiga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda Galaxy Note 7 bilan bog‘liq muammolar Samsung mavqeyiga 211 milliard dollar atrofida zarar keltirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi
Jahon | 09:05
-
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
O‘zbekiston | 08:55
-
Isroil 48 soat ichida G‘azoga 26 marotaba hujum qildi
Jahon | 08:45
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025