«Oplot» rahbari Yevgeniy Jilin Moskva viloyati hududida o‘ldirildi
«Oplot» jamoatchilik tashkiloti rahbari Yevgeniy Jilin Moskva viloyati hududidagi restoranlardan birida otib ketildi. Bu haqda «Interfaks» huquq-tartibot organlaridagi xodimlariga asoslanib xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Ukraina fuqarosi bo‘lgan ushbu 40 yoshli shaxs o‘qotar quroldan olingan jarohatlar tufayli vafot etgan.
U «Yevromaydan»ga qarshi guruh faollaridan edi.
Qotillik sabablari aniqlanmagan. Qotil o‘z qurbonini restoran stollaridan birida kutgan. Jilin hamrohi Andrey Kozirev bilan restoranga kirganida qotil ularga o‘t ochgan va hududni tark etgan. Uni tashqarida avtomobil kutib turgan. Jilinning sherigi hozirda jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.