O‘zbekiston | 20:56 / 21.09.2016
26504
4 daqiqa o‘qiladi

Dayjyest: Yana bir yangi qonun imzolandi, Filippin prezidenti Obamani haqoratladi, Bitta SMS uchun 30 yillik qamoq, 1 Tb'li hajmga ega SD-kartalar

Yakunlanib borayotgan 21 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Yana bir yangi qonun imzolandi 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunni (1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan) imzoladi.

>>> Batafsil.

Metroning «Yunusobod» yo‘li


O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev «Yunusobod» yo‘nalishidagi metro qurilishini yakunlashni tezlashtirish uchun Toshkent metropolitenini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tizimiga o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi.

>>> Batafsil.

Abdulla Oripovdan marsiya


O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentabr kuni vafot etgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi.

>>> Batafsil.

Shimoliy Karolinada tartibsizliklar

 


Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi.

>>> Batafsil.

Bitta SMS uchun 30 yillik qamoq


AQShning Indiana shtatida huquq-tartibot organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi qizni qo‘lga olishdi.

>>>  Batafsil.

Oq uy gumanitar karvon ishida Rossiyani aybladi


Oq uy ma'muriyatining fikricha, Suriyaning Halab shahriga olib borilayotgan insonparvarlik yuklariga faqatgina ikki tomon zarba berishi mumkin edi: Rossiya yoki «Suriya tuzumi», deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

>>>  Batafsil.

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi pasaydi


Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilishicha, shu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar O‘zbekistonga 952 mln dollar jo‘natilgan.

>>> Batafsil.

Ashxoboddagi yangi aeroport fotojamlanmasi


Turkmaniston poytaxtida qad ko‘targan yangi xalqaro aeroport binosi Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgani haqida ma'lum qilgan edik. Ushbu aeroportning tantanali ochilish marosimi 17 sentabrda mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

>>> Batafsil.

Obamani ranjitgan Filippin prezidenti


Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat hududidagi "narkotiklar bilan urush"ni to‘xtatish bo‘yicha talabga javoban Yevropa Ittifoqiga qat'iy rad javobini berdi va buni u o‘rta barmog‘ini ko‘rsatish bilan ifodaladi.

>>>  Batafsil.

Bentley’ning eng tezkor dizelli yo‘ltanlamasi


Bentley kompaniyasi Bentayga modelining dizelli namunasini namoyish qildi. Britaniyaliklarning ta'kidlaricha, yangi model shunday dvigatelga ega eng tezkor yo‘ltanlamasga aylangan.

>>>  Batafsil.

 

1 Tb'li hajmga ega SD-karta


Western Digital'ga qarashli SanDisk kompaniyasi dunyodagi ilk 1 Tb'li SDXC-fleshkani taqdim qildi. Bu "mo‘'jiza"ni qachon qo‘lga kiritish mumkinligi va uning narxi hozircha noma'lum.

>>> Batafsil.


O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Vatanga qaytishdi


Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 7-18 sentabr kunlari o‘tkazilgan 15-Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toshkentga xalqaro aeroportiga yetib kelishdi.

>>> Batafsil.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid