Jahon | 20:45 / 21.09.2016
4415
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi 2017 yilda mobil roumingni bekor qiladi

Yevrokomissiyada yevropalik abonentlar uchun rouming uchun qo‘shimcha xarajatlar bekor qilinishi ma'lum qilindi. Yevrokomissiya vakillari Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi mobil aloqa roumingini bekor qilishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Qaror 2017 yil iyunidan kuchga kiradi. 

"Yevrokomissiya 2017 yil 15 iyundan rouming uchun xarajatlarga chek qo‘yuvchi qarorga keldi. Yangi yondashuv suiiste'mol qilish holatlariga nisbatan operatorlar uchun mustahkam himoya mexanizmini ta'minlaydi", deb aytdi raqamli iqtisodiyot va jamiyat bo‘yicha yevrokomissar Gyunter Ettinger.

Ettingerning aytishicha, hujjatning yakuniy qabul qilinishi joriy yilning 15 dekabrida yuz berishi kerak. Ta'kidlanishicha, rouming uchun xarajatlar Yevropa Ittifoqining boshqa davlatiga bormoqchi bo‘lgan fuqarolari uchun bekor qilinadi. Boshqa sayyohlar ularning milliy operatorlari rouming uchun belgilaydigan qo‘shimcha haqni to‘lashda davom etaveradilar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid