Homiy-davlatlar 2016 yilda qochqinlar uchun qo‘shimcha 4,5 mlrd dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi
Xalqaro hamjamiyat 2016 yilda qochqinlarga yordam berish dasturiga qo‘shimcha 4,5 mlrd dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday ma'lumotlar "Qochqinlar bo‘yicha yetakchilar sammiti" ishtirokchilarining bayonotida ma'lum qilindi. Sammitda AQSh, Germaniya, Kanada, Shvetsiya, Meksika, Iordaniya va Efiopiya ishtirok etmoqda. Sammit BMT Xavfsizlik kengashining 71-sessiyasi doirasida o‘tmoqda.
"Gumanitar faoliyatni global moliyalashtirish va kelgusi yillarda moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlar doirasida 3 mlrd dollar yig‘ishga intilgandik. Bizning sa'y-harakatlar evaziga, 2016 yil davomida 32 ta homiy-davlat BMT va xalqaro insonparvarlik tashkilotlarining 2015 yilda yangragan chaqiriqlariga javoban 4,5 mlrd dollar ajratdilar", deyildi bayonotda.
Bundan tashqari, gumanitar sa'y-harakatlar doirasida yarim millionga qochqin bolalar boshpana topgan davlatlarida maktablarga bora olishlariga erishishga muvaffaq bo‘linadi.