10:13 / 21.09.2016
4897

"Oskar" laureati bo‘lgan rejissyor Kertis Henson vafot etdi

Bosh rolni reper Eminem ijro etgan «8 milya» filmi rejissyori Kertis Henson 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Los-Anjyeles shahri politsiyasi Hollivud hududidagi uyidan uning jasadini topgan. 

Kertis Henson Los-Anjyelesda tug‘ilib o‘sgan. Maktabni tamomlagach, fotograf bo‘lib ishlagan. Keyin esa kino haqidagi jurnal muharririga aylangan. 1973 yili u "Shirin qotillik" filmiga ssenariy yozgan. Bu unga rejissyorlik ishidagi ilk qadam bo‘ladi.

O‘tgan asrning 90-yillarida Henson "Belanchakni aylantirayotgan qo‘l" va "Los-Anjyeles sirlari" nomli filmlarni ishladi. Ikkinchi filmi "Oskar"ga 9ta nominatsiya bo‘yicha da'vogarlik qiladi va faqat "eng yaxshi moslangan ssenariy" hamda "ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa" yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ladi.

U 2002 yilda ishlangan «8 milya» filmi orqali yana mashhurlashgandi.

Top