19:34 / 22.09.2016
84965

Dayjyest: Buxoro viloyatining sobiq hokimi ishga qaytdi, dunyoning eng yaxshi universitetlari, sigaretasiz qolgan Turkmaniston, o‘zbek boksi va Meyveyzer

Yakunlanib borayotgan 22 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim

 

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shahar hokimligi saytida berilgan axborotga ko‘ra, tuman hokimi lavozimini Sherzod Kudbiyev egallagan.

>>> Batafsil.

Buxoro viloyatining sobiq hokimi ishga qaytdi

Buxoro viloyatining sobiq hokimi Samoydin Huseynov ismi sharifi yana mahalliy matbuotda paydo bo‘la boshladi.

>>>  Batafsil.

Sobiq TTZ modernizatsiya qilinmoqda


Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari zavodini (sobiq Toshkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qilish va qaytadan texnologik jihozlash ishlari boshlandi.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng yaxshi universitetlari


Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so‘nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo‘ldan boy berishdi.

>>>  Batafsil.

Shaytonga qiyoslangan Tramp


Meksika AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda “shayton bilan gaplashishga” to‘g‘ri keladi.

>>> Batafsil.

Turkmaniston sigaretasiz qoldi


Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boshlab, Turkmanistonning davlat do‘konlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari


Dunyoda biri-biridan chiroyli mehmonxonalar juda ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, ularning ba'zilari boshqalariga qaraganda ko‘rkamroqdir.

>>> Batafsil.

Ortiqcha vazn bilan kurashishning samarali usuli


Xalqaro olimlar guruhi semizlikka genetik moyillikni parhez yoki jismoniy mashqlar bilan bartaraf etish mumkinligini aniqladi.

>>> Batafsil.


Meyveyzer Rahmatjon Ro‘zioxunovni jamoasiga taklif qildi


Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer o‘zbekistonlik murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunovni jamoasida ishlashga taklif etgan.

>>>  Batafsil.


Yechingan mo‘g‘ul murabbiysiga jazo

 


Shogirdining Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari kurash bahslarida mag‘lub bo‘lganiga norozilik sifatida gilam ustida kiyimlarini yechish bilan tomosha ko‘rsatgan mo‘g‘ul murabbiylariga jazo qo‘llanildi.

>>> Batafsil.

Top