Kechki dayjest: 23 sentabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 23 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston delegatsiyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.
>>> Batafsil.
Paxtakorlar uchun shaharcha
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirgan shu kunlarda Qashqadaryoning Mirishkor tumanida «Mehnat rohat» palatkali shaharchasi barpo etildi.
>>> Batafsil.
«O‘zbekenergo» rahbari lavozimidan ozod etildi
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Iskandar Basidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
>>> Batafsil.
Ochko‘z ilon o‘limi
Hindistonning Gujarot shtati aholisi katta bo‘g‘ma ilonning "boshiga yetgan" o‘ljasini yutishining guvohi bo‘ldilar.
>>> Batafsil.
Suriya Halabga yurish boshladi
Suriya armiyasi Halabning jangarilar tomondan egallangan hududlariga tez orada yangi hujumlarni boshlashini e'lon qildi.
>>> Batafsil.
Moskvada fojiali yong‘in
Rossiya poytaxti sharqidagi Golyanovo tumanida joylashgan omborxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish ishlariga jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilarning 8 nafari olov ichida izsiz yo‘qoldi.
>>> Batafsil.
Dunyoning eng kuchli besh armiyasi
Amerikaning National Interest jurnali dunyoning dengiz, havo va quruqlikdagi eng kuchli armiyalari reytingini tuzib chiqdi.
>>> Batafsil.
Ortiqcha vazn bilan kurashishning samarali usuli
19 sentabr kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta'tilga chiqib, Turkiyada qolgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davolanish kurslarini Moskvada o‘taydi.
>>> Batafsil.
KXDRning po‘pisasi
KXDR Seul va Amerikaning Tinch okeanidagi harbiy bazasiga nisbatan yadro qurolini qo‘llashi mumkin.
>>> Batafsil.
Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvi asosiy bandlari oshkor etildi
Associated Press agentligi AQSh va Rossiyaning Suriya bo‘yicha kelishuvlari to‘plamiga kiruvchi hujjatni e'lon qildi. Quyida uning asosiy jihatlarini havola qilamiz.
>>> Batafsil.
Norvegiyaning “sehrli” fondi
20 yil avval Norvegiya neft qazib chiqarishdan tushgan daromadlarini maxsus zaxira fondiga yig‘a boshladi. Bu pul 2016 yilning sentabriga kelib, 882 milliard dollarga yetdi va mamlakat YaIMni ikki barobar oshib ketdi.
>>> Batafsil.
Smart kompaniyasidan yangi elektromobillar
Smart kompaniyasi barcha modellarining elektrli namunalarini namoyish etdi. Ularning ilk rasmiy taqdimoti sentabr oyi oxirida Parij avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
>>> Batafsil.
Futzal: 1/4 final juftliklari
Kolumbiyada davom etayotgan futzal bo‘yicha Jahon Chempionatida chorak finalning barcha ishtirokchilari nomlari ma'lum bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020