Norvegiyalik olimlar ikki haftalik tajriba davomida otlarning biz öylaganimizdan-da aqlli ekanini isbotlaşning uddasidan çiqişdi. Bu vaqt içida otlar maxsus kartoçkalar yordamida öz istaklari va ehtiyojlari haqida xabar berişni örganib olişdi. Bu haqida Applied Animal Behaviour Science jurnali ma'lum qildi.
Manbaga köra, otlar har qanday mavhum belgini haqiqiy effekt bilan boğlay olişar ekan. Avval bu jihat faqat delfinlar, primatlar, tötilar va ma'lum ma'noda itlar va muşuklarga xos ekanligi taxmin qilingandi. Ilmiy tadqiqotni doktor Sessiliya Meydel Norvegiya veterinariya institutidagi hamkasblari bilan hamkorlikda olib bordi.
Tadqiqot davomida turli zot va yoşdagi 23 otdan iborat guruh nazoratga olindi. Ularning har biriga biologlar uç yirik kartoçkani ketma-ket körsatişdi. Birida vertikal çiziq, boşqasida - gorizontal, uçinçisida esa böm-böş edi. Otlar ularda yopinçiq (otlarga yopiladigan maxsus adyol) bor yoki yöqligiga işora qiluvçi kartoçkani tanlaşlari kerak bölgan va 14 kundan keyin barça otlar kartoçkalarning farqiga bora boşlaşdi.
Tajriba şu bilangina yakunlanmadi, aks holda bu oddiy dressirovka bölib qolardi. Jonivorlarga uçta kartoçkadan istaganlarini tanlaş huquqi berildi. Natija şuni körsatdiki, otlar iliq va quyoşli kunda yopinçiqqa işora qilmaydigan kartoçkani tanlaşdi. Jonivorlar şu yordamida yopinçiqlarni olib taşlaşni söraşgan, ular bölmagan taqdirda şunday holatda qolişga işora qilişgan. Sovuq havoda esa jonivorlar, aksinça, yopinçiqni yopişni söraşgan, ularning iltimosi tezda bajarilmasa, otlar yanada qat'iy talab qilişga ötişgan.
Hozirda olimlar otlarning bunday xulq-atvori ularning uy jonivorlari ekanligi bilan boğliqmi yoki yovvoyi otlar ham inson bilan muloqot qila oladimi - şu haqida boş qotirişmoqda. Ma'lumki, eçkilar örgatilgandan keyin odamlardan yordam söraşni örganib olişdi, lekin yovvoyi eçkilar hattoki xavf yuzaga kelgan taqdirda ham yordam söraşmagan.












