Mikroblar antiseptiklar bilan oziqlanishni o‘rganib oldi - tadqiqot
Xitoylik biologlar antiseptik vositalar bilan ham o‘ldirib bo‘lmaydigan mikroblarni aniqladi. Ulardan ba’zilari jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Foto: Getty Images
Xitoylik olimlar kutilmagan holatga duch keldi. Ular antiseptik vositalar o‘ldira olmaydigan mikroblarni aniqladi. Buning ustiga ushbu organizmlar antiseptiklarning tarkibiy qismlari bilan oziqlanadi. Tadqiqot Xian Jiatong-Liverpul universiteti mutaxassislari tomonidan e’lon qilindi.
Biologlarning aytishicha, shaharlarda yashovchi mikroblar evolyutsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Shu yo‘l bilan ular insonlar mikroblarga qarshi qo‘llayotgan vositalarga qarshi kurashishga urinmoqda. Bugungi kunda ularni cheklangan resurslarga ega shahar sharoitlari ham cho‘chitolmaydi. Olimlar antiseptiklarga moslashgan bakteriya turlarini aniqladi.
Tadqiqotchilar binolari ko‘p hududlarda mikroblar uchun ozuqa moddalari yetishmasligini eslatdi. Qolaversa, aholi har doim ularni yo‘q qiladigan vositalardan foydalanadi. Bu esa mikroblarni muhitga moslashishga majbur qilgan. Olimlar Honkongdagi metro, turar joy binolari, jamoat muassasalari va inson terisidan 738 ta mikroorganizm namunalarini tekshirdi. Ularning deyarli yarmi fanga noma’lum bo‘lib chiqdi.
Mutaxassislar ilgari olimlarga ma’lum bo‘lmagan 363 ta shtammni aniqladi. Bu kabi organizmlar insonlar terisida va atrof-muhitda yashaydi. Ularning ayrimlarida shaharlardagi sanoat mahsulotlarini parchalash uchun zarur genlar bor. Ular bu mahsulotlardan uglerod va energiya manbalari sifatida foydalanadi.
Noodatiy turlardan biri Candidatus phylum Eremiobacterota shtammi edi. Ilgari bu shtamm faqat Antarktidada topilgan. Mikroblar tozalash vositalarida mavjud bo‘lgan ammoniy ionlari yordamida oziqlanadi. Bundan tashqari, ular keng tarqalgan dezinfeksiyalovchi vositalar tarkibidagi spirtni parchalash qobiliyatiga ega. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday shtammlar sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Shuningdek, tadqiqotchilar 11 ta Micrococcus luteus shtammlarini aniqladi. Bular immunitet tizimi zaiflashgan odamlarda o‘limga olib keluvchi infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shifoxonalar bino ichidagi turli infeksiyalarni qo‘zg‘atuvchi patogenlar o‘chog‘i bo‘lishi xavfi bor. Ular, ayniqsa, reanimatsiya bo‘limlariga jiddiy xavf tug‘diradi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy urushdan keyin Ukrainani tiklashga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 22:02
-
Latviya Rossiya va Belarus chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopdi
Jahon | 21:42
-
Xitoyda tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarga katta miqdorda pul mukofotlari taklif qilinmoqda
Jahon | 21:40
-
Tramp o‘z qarorgohida 1 million dollarlik shaxsiy kechki ovqatni tashkil qildi
Jahon | 21:25
Mavzuga oid

15:34
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi

08:40
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

15:43 / 12.03.2025
Internet tezligini pasaytiradi: issiqxona gazlarining yana bir zarari aniqlandi

14:18 / 01.03.2025