Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
Yangi tadqiqot natijalari ona qornida va erta bolalikda shakar iste’molini kamaytirish keyinchalik ulg‘ayganda qandli diabet va qon bosimi oshishidan himoya qilishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari Buyuk Britaniyaning Biobank ma’lumotlarini tahlil qilib, Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyin o‘tkazilgan qand miqdorini me’yorlashtirish amaliyotlari natijalarini o‘rgandi. Ular urushdan oldin va keyin tug‘ilgan odamlarning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqqosladi, deb yozmoqda Euronews.
Janubiy Kaliforniya universiteti iqtisodchisi va tadqiqot mualliflaridan biri Tadeya Grakner shakar iste’molining sog‘liqqa uzoq muddatli ta’sirini o‘rganish murakkab vazifa ekanini ta’kidladi.
Science jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, homiladorlikdan keyingi dastlabki 1000 kun (deyarli uch yil) davomida shakar va shakarli mahsulotlarni kamroq iste’mol qilgan bolalarda qandli diabetning 2-turi rivojlanish xavfi o‘rtacha 35 foizga kamaygan. Erta bolalikda shakar iste’molini cheklash kasallik boshlanishini to‘rt yilga kechiktirgan.
Gipertoniya xavfi esa 20 foizga kamayib, uning boshlanishi ikki yilga kechikkan.
Tadqiqotchilarning aytishicha, ona qornidayoq (homiladorlik davrida) qand miqdorining cheklanishi himoya xususiyatlarining uchdan bir qismini ta’minlagan.
“Erta yoshda iste’mol qilingan shakar bu — yangi tamaki, biz unga nisbatan tegishli munosabatda bo‘lishimiz lozim. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan bolalar ovqatlarining tarkibini o‘zgartirishni, foydali variantlar kiritishni, shuningdek, bolalarga mo‘ljallangan shirin mahsulotlar marketingini tartibga solishni talab qilishimiz kerak”, — dedi Kaliforniya universiteti iqtisodiyot professori va tadqiqot mualliflaridan biri Pol Gertler.
Buyuk Britaniyada shakar iste’molini me’yorlashtirish davri 1942 yildan 1953 yilgacha davom etgan, bu davrda shakar iste’moli kuniga o‘rtacha 40 gramm atrofida bo‘lgan.
Davr tugagach, shakar va shirinliklarni iste’mol qilish kuniga taxminan 80 grammga yetdi.
Tadqiqotga ko‘ra, me’yorlashtirish davrida umumiy oziq moddalar iste’moli nisbatan barqaror qolgan. Masalan, oqsil va yog‘lar iste’moliga me’yorlashtirish siyosati deyarli ta’sir qilmagan.
Hozirda sog‘liqni saqlash tashkilotlari ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar ovqatiga shakar qo‘shmaslikni, kattalar uchun ham cheklovlarni tavsiya qiladi.
Tadqiqot guruhi ota-onalarga farzandi qancha shakar iste’mol qilayotganini nazorat qilishda yordam beradigan aniq va tushunarli tavsiyalarni, shuningdek, oziq-ovqat kompaniyalari tomonidan bolalar uchun sog‘liqqa foydaliroq ovqatlanish variantlari taklif etilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

21:38 / 10.06.2025
Britaniya falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik uchun Isroilning ikki vaziriga qarshi sanksiyalar joriy etdi

00:07 / 10.06.2025
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi

00:21 / 07.06.2025