07:50 / 25.09.2016
12673

Futzal bo‘yicha jahon chempionatining ikki yarim finalchisi ma'lum bo‘ldi

Foto: youtube.com

Futzal bo‘yicha jahon chempionatining dastlabki chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Birinchi chorak finalda Paragvay va Eron jamoalari bahslashdi.

O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi soniyalarida Ahmad Ismoilpur Paragvay darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z terma jamoasiga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Futzal. Jahon chempionati.Chorak final 
Paragvay – Eron – 3:4 
Gollar: Martinez (13), Salas (20), Villalba (39) – Ismoilpur (16, 50), Javid (23, 36)

Yana bir chorak final bahsida Ispaniya va Rossiya terma jamoalari uchrashdi. Ushbu uchrashuv rossiyalik futzalchilarning 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

G‘olib jamoa tarkibida gollarni Gustavo, Ivan Chishkala va Eder Lima (ikkalasi ham dubl amalga oshirdi) kiritdi. Ispaniya o‘yinchisi Fernandao avtogol urib, Rossiya terma jamoasiga yana bitta golni taqdim qildi. Ispaniya safida gollarni Mario Rivilos va Migelin kiritdilar
 

Top