20:07 / 27.09.2016
4924

Panasonic o‘zi mustaqil harakatlanuvchi avtomobil ustida ish olib bormoqda

Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi muhandislari tashqi muhit haqida mustaqil xulosa chiqara oladigan va o‘z-o‘zini haydovchi yordamisiz avtomobillar to‘xtash joyiga joylashtira oladigan mashina prototipini taqdim etdi.
 
Ma'lum qilinishicha, ikki o‘rinli kompakt-karning sinovdan o‘tkazilishi beshta bort kamerasi va sensorlar va maxsus maydonda amalga oshirildi.
 
Sinovlar mashinaning nechog‘li aniq va mustaqil harakat qilishini aniqlashga qaratildi. Harakat va tormoz jarayonlari tekshirildi. Test natijasida yo‘lda joylashtirilgan hech bir kishi va maneken shikast ko‘rmadi. Muhandislar navbatdagi sinovni jonli hayotda amalga oshirishni rejalashtirishgan.

 

Top