Sport | 19:07 / 27.09.2016
10467
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Nega Zidan aynan meni almashtiradi? Bu jonimga tegdi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidanning boshqaruvini tushunmayapti.

U o‘zi Ispaniya chempionatining 6-turida «Las-Palmas»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan o‘yinda zaxiraga olingandi. Ronaldu almashtirilgan vaqtda «qaymoqranglilar» jamoasi 2:1 hisobida oldinda borayotgandi. 

Zaxira o‘rindig‘idaligida Ronaldu murabbiyning qaroridan g‘azablangan: «Nega Zidan aynan meni almashtirdi? Axir men barcha ishni bajarayotgandim, biz hisobda oldinda borayotgandik. Bu mening jonimga tegdi», — deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan Cuatro.

Bundan oldingi xabarlarda futbolchi Zidanga qarata ruxsat etilmagan haqoratli so‘zlar aytgani haqida ma'lum qilingandi.

O‘yindan keyin Zidan futbolchining harakatlaridan qoniqayotgani, uni asrash uchun zaxirga olgani haqida aytib o‘tgandi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid