Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes 2016 yilning eng yuqori daromad olgan aktyorlari reytingini e'lon qildi
2016 yilning eng yuqori daromad oluvchi komik aktyorlari reytingi e'lon qilindi. Bu haqida Forbes jurnali ma'lum qildi.
Ushbu reytingda birinchilik Kevin Hartga nasib qildi, u hisobot davrida 87,5 million dollarni qo‘lga kiritgan. Kevin reytingda bir necha marta yetakchilik qilgan Jyerri Saynfildni ikkinchi pog‘onaga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Saynfild joriy yilda 43,5 million dollar ishladi. Uchinchi o‘rinni 21 million dollar daromad bilan Terri Fetoru egalladi.
Aktrisa Emi Shumer 2016 yilning eng ko‘p daromad olgan komik aktyorlari orasidan joy olgan yagona ayol aktrisadir. U bu yil 17 million dollar ishlab, Forbes jurnalining nufuzli reytingida 4-o‘rinni band qildi.
Undan keyingi o‘rinlarni aktyorlar Jyeff Danem (13,5 million dollar), Deyv Shapell (13 million dollar), Jim Geffigan (12,5 million dollar) nomlari keltirilgan.
Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha 2016 yilda eng yuqori daromad olgan komik aktyorlar o‘nligiga Gabriel Iglesias (9,5 million dollar), Rassell Piters (9 million dollar) va Jon Bishop (7 million dollar) yakun yasaydi.
Mavzuga oid
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026