Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya yirik kredit olish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi
Foto: AFP
Gretsiya parlamenti 27 sentabr kuni Yevroguruhining 2,8 mlrd yevro miqdoridagi navbatdagi kredit transhini o‘tkazishiga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.
151 nafar deputatning ovozi kifoya qiladigan masala bo‘yicha parlamentning 152 nafar a'zosi rozilik bildirgan. Muxolifatning 141 nafar a'zosi qarshi ovoz bergan.
May oyida xalqaro kreditorlar (Yevrokomissiya, XVJ, Yevropa Markaziy banki va Yevropa barqarorlik mexanizmi) Gretsiya tomonidan islohotlarning borishini baholab, Gretsiyaga navbatdagi moliyaviy yordam miqdorini 10,3 mlrd yevro sifatida belgilagan edi. Ushbu mablag‘ning 7,5 milliard yevrosi iyun oyida ajratilgandi. Qolgan 2,8 milliard yevro Afinaning 15ta shartni bajarishiga bog‘liq ravishda o‘tkaziladi.
Gretsiya hukumati bu shartlarni ado etishda murakkablik yoki qiyinchiliklarni ko‘rmayotganini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
10:09 / 24.02.2026