Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘rtta tibbiyot muassasasi qayta tashkil etiladi
O‘zbekiston poytaxtida faoliyat yurituvchi to‘rtta yirik tibbiyot-davolash muassasasi qayta tashkil etiladi, xususan Respublika miqyosidagi tibbiy markazlardan biri tugatiladi.
Mazkur choralar Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va tibbiyot tashkilotlari tuzilmalari faoliyatini yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Unga muvofiq, qandli diabet kasalligi asoratlariga qarshi Respublika jarrohlik markazi tugatilib, u 2-sonli Toshkent Tibbiyot akademiyasi tarkibiga kiritiladi. Ammo, mazkur birlashuv bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ko‘rsatmasligi qayd etilgan. Tugatilayotgan markaz jamoasi o‘z binosida avvalgidek bemorlarga xizmat ko‘rsatadi, faqatgina hujjatlar to‘ldirish jarayoniga o‘zgartirish kiritiladi.
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi talabalar poliklinikasi Olmazor tumani Talabalar shaharchasining Markaziy ko‘ptarmoqli poliklinikasiga aylantiriladi hamda nafaqat talabalar, balki mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholining boshqa qatlamlariga ham tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Ayni vaqtda, Toshkent 2-sonli shahar klinik shifoxonasi va 2-sonli shahar sil kasalliklariga qarshi shifoxonasi tugatiladi. Ularning hisobidan bo‘shayotgan bemorlar yotoq o‘rni poytaxtdagi boshqa tibbiyot muassasalariga beriladi. Poytaxt shifo maskanlarini yiriklashtirish aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni kuchaytirishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
12:01 / 26.03.2026
1 apreldan shifoxonalar 5 kunlik ish tartibiga o‘tkaziladi
12:00 / 23.03.2026
Sudanda shifoxonaga hujum: o‘nlab qurbonlar
10:39 / 17.03.2026