Sport | 19:42 / 30.09.2016
6241
2 daqiqa o‘qiladi

APLning joriy mavsumida eng kam seyv amalga oshirgan darvozabonlar aniqlandi

«Chelsi» jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Angliya premer-ligasining joriy mavsumida seyvlar amalga oshirish bo‘yicha eng yomon natijani qayd etib turibdi.

Belgiyalik darvozabon aniq zarbalarning 47,1 foizinigina bartaraf etgan. Bu shuni anglatadiki, uning darvozasiga yo‘llangan har ikkinchi zarba golga aylanavergan.

Shuningdek, «Middlsboro» darvozaboni Viktor Valdes (50 foiz) hamda «Sauthempton» darvozaboni Freyzer Forster (53,9 foiz) ham quyi uchlikda.

Eng yaxshi natijalar esa «Manchester Siti» va «Tottenhem» jamoalari darvozabonlari Klaudio Bravo hamda Ugo Loris tomonidan qayd etilgan. Ularning ko‘rsatkichlari bir xil: 77,8 foiz.

Angliyalik darvozabonlar orasida esa eng yaxshisi «Byornli» darvozasini qo‘riqlovchi Tomas Hiton bo‘lib turibdi. U o‘z darvozasiga aniq yo‘llangan zarbalarning 76,5 foizini qaytargan va faqat Bravo hamda Lorisdan ortda qolgan.

Mavzuga oid