Sport | 08:27 / 30.09.2016
4192
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada xokkey terma jamoasi oxirgi daqiqada kiritilgan shayba hisobiga jahon kubogini qo‘lga kiritdi

Kanada terma jamoasi Torontoda bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha jahon finalining 2-uchrashuvida ham Yevropa terma jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. 

Yevropaliklar Zdeno Xaraning 7-daqiqada kiritgan shaybasidan keyin uchrashuvning deyarli oxirigacha hisobda oldinda bordilar. Biroq kanadaliklar uchrashuv tugashiga 2-daqiqa qolganda avval hisobni tenglashtirib, so‘ngra oxirgi daqiqada g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda shaybalarni ko‘pchilikda Berjyeron (58-daq.) va kamchilikda Bred Marshan (60-daq.) kiritdilar.

Finalning 1-uchrashuvida ham kanadaliklarning qo‘li baland kelgandi (3:1). Shu tariqa, "zarang yaproqlar" 2016 yilgi jahon kubogi sohibiga aylandilar. 

Xokkey bo‘yicha jahon kubogi. Final. 2-uchrashuv

Yevropa — Kanada — 1:2 (1:0, 0:0, 0:2)

1:0 — Xara (Sekera, Nilsen) — 06:26.

1:1 — Berjyeron (Berns, Krosbi) — 57:07 GB.

1:2 — Marshan (Teyvz, Petrandjyelo) — 59:16 GM.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid