Futzal bo‘yicha JCh. Finalda Argentina Rossiyani yengib, ilk marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Rossiya va Argentina terma jamoalari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan mini-futbol bo‘yicha jahon chempionatining finalida uchrashdilar. Kalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda argentinaliklar qo‘li baland keldi.
Rossiya terma jamoasi uchun jahon chempionatlaridagi birinchi final 5:4 hisobida argentinaliklar foydasiga yakunlandi. Shu tariqa, rossiyaliklar o‘z tarixlarida birinchi bor mundial kumush medalini qo‘lga kiritdilar.
Rossiya terma jamoasi safida gollarni xet-trik amalga oshirgan Eder Lima (16, 22 va 40-daqiqalar) va Dmitriy Liskov (39-daq.) urdilar. Argentinaliklar safida gollarni Alamiro Vaporaki (16), Leandro Kuzzolino (20), Alan Brandi (22, 23) va Konstantino Vaporaki (39) kiritdilar.
Rossiyaliklar o‘yin yakunida o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish qilib, bir daqiqa ichida 2 ta javob to‘pini kiritib, yirik mag‘lubiyatdan qochishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bungacha Rossiya va Argentina terma jamoalari 6 marta uchrashishgan: 3 ta o‘yinda rossiyaliklar g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. Afsuski, hal qiluvchi uchrashuvda rossiyaliklar birinchi marta raqiblariga yutqazishdi.
Futzal bo‘yicha JCh-2016.
Final.
Rossiya – Argentina 4:5 (1:2)
Gollar: Eder Liman (15'23", 21'18", 39'41" 2PG), Liskov (38'56") – A.Vaporaki (15'49"), Kutstsolino (19'34" 2PG), Brandi (21'35", 22'33"), K.Vaporaki (38'19")
Manba: tribuna.uz