Sport | 19:22 / 02.10.2016
15805
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning o‘g‘li birinchi uchrashuvidayoq gol urdi

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li - kichik Ronaldu Ispaniya to‘rtinchi divizionidagi “Posuelo-de-Alarkon»” bolalar jamoasida gol urishga erishdi. Bu haqda AS xabar berdi.

6 yoshli futbolchi birinchi bo‘limda gol urdi hamda jamoasining 4:2 hisobida g‘alaba qozonishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ronaldu o‘g‘li goldan keyin uni otasining uslubida nishonladi. Portugaliyalik futbolchining o‘zi ham o‘yinni kuzatib bordi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish