SamDUda rektor almashgani ma'lum qilindi
Samarqand davlat universitetiga 1999-2003 yillarda mazkur oliygohni boshqargan Rustam Xolmurodov rektor etib tayinlangan. Bu o‘zgarish o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan, ammo bu ma'lumot mahalliy manbalarda endi ma'lum qilinmoqda.
O‘z vaqtida, 2003-2004 yillarda viloyat hokimi sifatida ishlagan Xolmurodov yangi lavozimida Olimjon Xolmuhammedovning o‘rnini egallagan.
Texnika fanlari doktori, professor Rustam Ibragimovich Xolmurodov 1949 yilda tug‘ilgan. U Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagach, shu yerda assistent, dotsent sifatida faoliyat ko‘rsatgan, keyinroq kafedra mudiri, qurilish fakulteti dekani bo‘lgan.
U 1989 yildan 1997 yilgacha mazkur institut rektori lavozimida ishlagan, 1997-1999 yillarda esa O‘zbekiston ta'lim vazirining o‘rinbosari sifatida ish olib borgan. Keyin esa to‘rt yil davomida Samarqand davlat universitetini boshqargan.
2003 yilning 16 dekabrida Rustam Xolmurodov Samarqand viloyati hokimligiga tayinlangan va 2004 yil 9 iyulga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
Shundan keyin 12 yil davomida biron lavozimda ishlamagan.
Ta'kidlash joizki, Samarqand davlat universitetining rasmiy saytidagi "Rahbariyat" bo‘limida hali ham Olimjon Xolmuhammedovning ism-sharifi o‘zgartirilmagan.
Mavzuga oid
12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi
21:01 / 08.05.2024
“Hozircha tayyor emasmiz”. Vazir – rektorlarni saylash haqida
16:34 / 01.11.2023
Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi
09:08 / 30.09.2023