Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratovda 12 yoshli boladan farzand ko‘rgan qiz 10 yilga qamalishi mumkin
Rossiyaning Saratov viloyatida 19 yoshli qiz 12 yoshli boladan farzand ko‘rdi. Endi unga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligi mintaqaviy tergov bo‘limi rahbarining katta yordamchisi Yekaterina Pirskayaga asoslanib xabar qilgan.
Xabar qilinishicha, bu qiz va uning voyaga yetmagan "sevgilisi" lo‘lilar oilasida tarbiyalanib, birga yashashgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning noyabrida Pugachevskiy tumanida 12 yoshli bola bilan jinsiy aloqa qilgan va bu yili undan farzand tuqqan. Shundan keyingi voqealar rivoji huquq tartibot organlariga ma'lum", deyilgan xabarda.
Pirskayaning ma'lum qilishicha, qizga nisbatan "12 yoshga to‘lgan, ammo 14 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Unga 10 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda.
Mavzuga oid
20:34 / 15.01.2026
Xatirchida 6 oylik chaqaloq otasi og‘ziga paypoq tiqishi oqibatida vafot etdi
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
22:23 / 06.10.2025
Toshkentda metro bekatida chaqaloq tug‘ildi
18:46 / 29.09.2025