Sport | 15:32 / 03.10.2016
4882
1 daqiqa o‘qiladi

“Spartak” jamoasi muxlisi “Zenit”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Politsiya xodimlari Rossiya poytaxti Moskvaning janubi-sharqida joylashgan uyning 13-qavatidan sakramoqchi bo‘lgan erkakning jonini qutqarib qolishdi. Bu haqda “Moskva” shahar axborot agentligi ma'lum qilgan.

«Taxminlarga ko‘ra erkak “Spartak” futbol klubining ishqibozi bo‘lgan va sevimli jamoasining mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Hozir u bilan mutaxassislar ishlamoqda», — dedi manba.

Voqea yakshanba, 2 oktabr kuni yuz bergan. Aynan shu kuni “Spartak” Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.