Tayson Fyuri faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi
Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida IBO, WBA va WBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni hisoblangan britaniyalik Tayson Fyuri faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi.
«Men buyukman va men ketayapman», — degan Fyuri Twitter sahifasi orqali.
Shu bilan birga u boks u ishtirok etgan eng azobli ish ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Sentyabr oyi oxirida ushbu britaniyalik bokschining kokain giyohvand moddasini aniqlash bo‘yicha topshirgan doping testi ijobiy natija bergani ma'lum bo‘lgandi.
Britaniyalik 28 yoshli bokschi 22 sentabr kuni Angliyaning Lankester shahrida tekshiruvdan o‘tgandi. Uning qon tarkibida kokain borligi aniqlandi.
Endi katta ehtimol bilan Tayson Fyuri qo‘lga kiritgan barcha chempionlik kamarlaridan ayriladi.
O‘zining professional faoliyati davomida Fyuri 25 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (18 nokaut).
Avvalroq 29 oktabr kuniga belgilangan ukrainalik Vladimir Klichko va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi tashkilotchilari bellashuv noma'lum muddatga qoldirilganini tasdiqlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabr oyida Tayson Fyuri 12 raundlik jangda Vladimir Klichkoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratib, IBF, WBA va WBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgandi.
Keyinroq britaniyalik bokschi majburiy jang o‘tkazishdan bosh tortgani uchun IBF kamaridan mahrum etilgan edi.
Mavzuga oid
22:04 / 06.11.2024
Ispaniyada bananlar ortilgan konteyner ichidan 13 tonna kokain topildi
21:29 / 22.10.2024
Germaniyada «kokainli pitssa» sotib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
11:10 / 22.10.2024
Kolumbiyada 2023 yilda rekord miqdorda kokain ishlab chiqarildi
13:10 / 24.09.2024