Jahon | 08:53 / 04.10.2016
4859
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyada "Jibhat an-Nusra" yetakchisining "o‘ng qo‘li" yo‘q qilinganini tasdiqladi

Pentagon Suriyaning Idlib viloyatida "Jibhat an-Nusra" terrorchilik guruhi yetakchisining "o‘ng qo‘li" – Abu al-Faraj al-Masriy yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Asl ismi Ahmad Saloma Mabruk bo‘lgan terrorchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi natijasida yo‘q qilingan.  

Al-Masriy "Jibhat an-Nusra"da ikkinchi odam hisoblangan. U, shuningdek, "Al-Qoida" yetakchisi Ayman az-Zavaxiriy bilan yaqin bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Al-Masriy terrorchilar safiga 1983 yilda qo‘shilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish