22:44 / 05.10.2016
18785

Singapur okeanariumida skat professional dayverni o‘ldirdi

Foto: Getty Images

Singapurning Underwater World okeanariumida skat professional dayver Filipp Chenni o‘ldirdi.

Okeanariumga egalik qiluvchi Haw Par Corporation kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, g‘avvosning o‘limi fojiali baxtsiz hodisa bo‘lgan. Skat Chenga hujum qilib qolgan. Chen olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etgan. Politsiyada ta'kidlanishicha, bu hodisa Singapurda yuz bergan birinchi shunday hodisa bo‘ldi.

Bir vaqtlar mashhur bo‘lgan Underwater World okeanariumi 2016 yilda boshqa okeanariumlar bilan raqobat qila olmagani uchun yopilgan. Filipp Chen dengiz jonzotlari yangi joyga ko‘chirib o‘tilmaguncha ularga qarab yurgan 10 xodimdan biri bo‘lgan. Chen okeanariumda u 1991 yilda ochilgandan beri ishlagan va dayverlar jamoasini boshqargan.

Skatlar odatda tropik suvlarda yashaydi. Ularning dumida zahar bilan qoplangan o‘tkir tishlari bo‘lib, dengiz jonzoti undan xavf vaqtida himoyalanish vositasi sifatida foydalanadi. Skatlar odamlarga kamdan-kam hujum qiladi.

2006 yilda skatning yurak sohasiga zarba berishi natijasida avstraliyalik mashhur tabiatshunos va teleboshlovchi, "Timsohlar ovchisi" seriali orqali shuhrat qozongan Stiv Irvin halok bo‘lgan. Bu fojia suv osti olami haqida film olinayotgan vaqtda yuz bergan.

 

Mavzuga oid
Top