Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramvay qayta tiklanadi
Samarqand shahrida tramvay harakatlana boshlaydi. Bunday taklif O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahriga tashrifi vaqtida bildirilgan.
«Bu g‘oya shahar aholisini quvontirdi. Tramvay ekologik toza, iqtisodiy kamxarj va ommabop transport», deyilgan «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida.
«Gazeta.uz» nashri xabarida aytilishicha, tramvay liniyasi Siyob bozoridan Sartepa massivigacha o‘tkaziladi.
Shavkat Mirziyoyev «aholining qiziqishlarini o‘rganib chiqqan holda» yaqin vaqtlar ichida yo‘nalishlar loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Navro‘z bayramigacha yo‘l foydalanishga topshirilishi aytilgan.
Ma'lumot uchun, Samarqandda 1947—1973 yillarda tramvay harakati bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 2 mayida Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi. Shu kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — «Beshqayrag‘och» dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgandi.
Mazkur qaror avtomobil transporti sonining muntazam ortib borayotgani, ko‘cha tarmoqlarining yetarli darajada rivojlanmagani va tramvay yo‘nalishlarining samarasiz faoliyati sabab qabul qilingan.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026