Sport | 12:42 / 06.10.2016
7694
1 daqiqa o‘qiladi
«Kuchli beshlik»da ilk hindistonlik futbolchi paydo bo‘ldi
Ispaniyaning «Leganes» klubi hindistonlik 18 yoshli futbolchi Ishan Pandita bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda The Indian Express xabar bergan.
Futbolchi klubning o‘rinbosarlari tarkibida to‘p suradi.
«Kashmir» klubi sharafini himoya qilgan Pandita top-5 chempionat vakili bilan shartnoma imzolagan ilk hindistonlik futbolchiga aylandi.
«Leganes» o‘tgan mavsumda segundada ikkinchi o‘rinni egalladi va ilk marta Ispaniya primerasiga chiqdi. Mavsumning 7 turidan keyin 10 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinda joylashgan.