Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike rahbariyatdan futbolchilarning birini sotib yuborishni so‘radi
«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa himoyachisi Aleish Vidal ketishini istamoqda.
Sport.es nashrida xabar qilinishicha, Enrike klub sport direktori Robert Fernandesdan ushbu futbolchini qishki transferlar vaqtida sotish variantlarini ko‘rib chiqishni so‘ragan. Vidal uning ishonchini oqlamagani va uni norozi qilgani aytilmoqda.

Lekin «Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu futbolchini har qanday narxga ham sotib yuborvermasligini bildirgan. Klub rahbariyati Enrikega futbolchi uchun so‘ralgan miqdordagi mablag‘ taklif etilsa, uni sotishlari haqida ma'lum qilgan.