Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida 7ta medal oldi
Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi
6 oktabr kuni Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri boshlandi. «O‘zbekiston» sport majmuasidagi ushbu turnirning birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilarga 7ta medalga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
7 vazn toifasida bo‘lib o‘tayotgan kurashlarning 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi musobaqasida Muhriddin Tilovov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kumush medal 52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida gilamga chiqqan Diyora Keldiyorovaga nasib qildi.
Yana 5 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi bronza bilan kifoyalandi: Nodira Gulova (-48 kg), Muqaddas Kubayeva (-48 kg), Guloyim Jumaboyeva (-52 kg), Sanobar Sultonova (-57 kg) va Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg).
Umumjamoa hisobida rossiyalik sportchilar 1-o‘rinni egallab turibdi. Delegatsiya hisobida 2ta oltin va 1ta kumush medali bor.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024