Internetda "Mettyu" dovulining Gaitida qoldirgan asoratlari tasvirlangan videolar tarqaldi. Ularda uylar vayron bo‘lgani, daraxtlar yiqilgani, chor-atrof loy va chiqindilar bilan to‘lgani ko‘rinadi.
Ushbu tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud Gaiti bo‘lib turibdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu hududda qurbon bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashgan.