Sport | 22:13 / 07.10.2016
8457
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan: «Krishtianu zaxiraga olinishiga jahl qilganidan xursandman»

Foto: Reuters

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan «Real» – «Las-Palmas» uchrashuvi vaqtida Krishtianu Ronaldu o‘zining almashtirilishiga norozilik bilan munosabat bildirgani uchun xursandligini bildirdi.   

«Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Bu holat Krishtianu jamoa taqdiriga befarq emasligini ko‘rsatdi. Men unga barchasini tushuntirdim. Shu yerda nuqta qo‘yamiz.

Hozir futbolchilar bitta mavsumda 60 tagacha o‘yin o‘tkazadi. Mening davrimda biz shuncha o‘yinni ikki yilda o‘tkazar edik. Menimcha, futbolchi shuncha o‘yinda bir xil darajada o‘ynay olmaydi.

Uning harakati shuni ko‘rsatadiki, futbolchi maydonni o‘z jamoadoshlariga yordam berishni istagani uchun tark etgisi kelmagan. Bu esa yaxshi», — deya Zidanning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

Mavzuga oid