Jahon | 20:04 / 08.10.2016
18277
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningradga raketa majmualari tashlanganini tasdiqladi

Foto kbm.ru

Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningrad yaqiniga "Iskander-M" raketa majmualari tashlanganini tasdiqladi. Vazirlikning rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning aytishicha, "raketa qo‘shinlarining bo‘linmalari jangovar tayyorgarchilik doirasida Kaliningrad viloyatiga tashlangan va kelgusida ham tashlanadi".

Konashenkovning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik harbiylar raketa majmualarini "Ambal" yuk kemasida tashishganda ataylab uni yashirishmagan. Bu AQSh razvedkachi sun'iy yo‘ldoshining parametrlarini aniqlash uchun qilingan, deb aytdi Konashenkov.

"Raketa majmualarini tashish sir tutilmadi. "Iskander" yuk kemasiga ortilishidan oldin bu hududdan uchib o‘tayotgan amerika razvedkachi suniy yo‘ldoshi uchun uning ishlash parametrlarini aniqlash maqsadida ataylab qo‘yib qo‘yildi. Uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi – amerikalik hamkorlar go‘yoki bizni fosh qilishgandek, buni o‘zlari bizga tasdiqlashdi", deb aytdi Konashenkov.

7 oktabrda Reuters axborot agentligi AQSh razvedkasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Rossiya Kaliningrad viloyatiga "Iskander-M" raketa majmualarini tashlayotganini ma'lum qilgan. 

Ushbu majmua 500 km gacha uzoqlikdagi nishonni mo‘ljalga olishga qodir.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid