Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2020 yilga qadar 150 dan ortiq tibbiyot muassasasi pullik xizmatlar miqdorini oshiradi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi pullik xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga saqlanuvchi koykalar fondi va tibbiyot muassasalarining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirishni davom ettirmoqda. 2020 yilga qadar ba'zi tibbiyot muassasalari to‘liq o‘zini moliyalashga o‘tadi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Pullik xizmat hajmining oshirilishi ishga qo‘shimcha mutaxassislarni olish va muayyan toifadagi xodimlarga ish haqini oshirish yo‘li bilan tibbiyot muassasalarining yanada rivojlanishiga ko‘mak beradi. Bo‘shagan mablag‘lar pullik xizmat ko‘rsatish hajmi qisqartirilayotgan muayyan muassasa ko‘lamida emas, balki butun sog‘liqni saqlash tizimida qayta taqsimlanadi.
Jumladan, 1- va 2-son respublika klinik shifoxonalari, respublika oftalmologiya, teri-tanosil shifoxonalari, respublika maslahat-tashxis va stomatologiya poliklinikalarida pullik xizmat ko‘rsatish hajmi 2020 yilgacha bu muassasalarda barcha ko‘rsatilayotgan xizmatning 80 foiziga, Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasida – 50 foiz, Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti – 40 foiz, Respublika allergologiya markazida, Respublika ixtisoslashgan suyak-yiring xastaliklari va jarohat oqibatlarini davolash ilmiy markazida 30 foiziga yetadi.
Shu bilan birga bu ro‘yxatdagi viloyat va tuman darajasidagi 140 ta kasalxona, jumladan katta yoshlilar uchun barcha stomatologiya poliklinikalari, tashxis markazlari, reabilitatsion davolash va dezinfeksiyalovchi stansiyalar 100 foiz o‘zini moliyalashga o‘tadi.