20:06 / 11.10.2016
22510

O‘zbekiston MTJ Toshkentda Xitoy ustidan g‘alaba qozondi

Jahon chempionatining 4-turida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Xitoyga qarshi bahs yuritdi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasida Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilovlar maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, Samvel  Babayan tarkibdagi muammolarni bartaraf qila oldi. Eronga qarshi o‘yinda jarohati sabab maydonga tusha olmagan Odil Ahmedov asosiy daqiqalarda harakat qila boshladi. Birinchi bo‘limda ikki tomonda ham imkoniyatlar deyarli bo‘lgani yo‘q.

Tanaffusdan keyin esa O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinni ancha faol boshladi. Bu esa 50-daqiqada o‘z samarasini berdi. Eldor Shomurodov uzatgan chiroyli to‘p oshirishidan so‘ng Marat Bikmayev kuchli va aniq zarbasi bilan Xitoy terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi, - 1:0. Bu goldan keyin O‘zbekiston terma jamoasida yana bir nechta golli vaziyatlar yaratildi. Bikmayevning o‘rniga maydonga tushgan Otabek Shukurov 86-daqiqada uzoq masofadan Xitoy terma jamoasi darvozasini ikkinchi marotaba ishg‘ol qildi, - 2:0. Qolgan vaqt davomida darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Xitoyni 2:0 hisobida mag‘lub qildi hamda guruh peshqadamiga aylandi.

O‘zbekiston – Xitoy – 2:0

Gollar: Marat Bikmayev (50), Otabek Shukurov (86)

O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Yegor Krimets, 4.Marat Bikmayev (18.Otabek Shukurov , 64), 7.Aziz Haydarov, 8.Server Jyeparov, 9.Odil Ahmedov (17.Jaloliddin Masharipov, 80), 11.Igor Sergeyev, 13.Davron Hoshimov, 19.Vitaliy Denisov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Eldor Shomurodov (10.Sardor Rashidov 90).

Xitoy: 23.Yang Ji, 2.Ren Xang, 5.Du Vei, 6.Feng Ksyaoting, 7.Vu Li, 8.Sai Xuikang, 11.Xao Junmin, 13.Jao Mingjian, 14.Sun Ke (4.Jiang Jinpeng, 18, 22.Jang Yuning,  54), 18.Gao Lin, 19.Jiang Ning (16.Xuang Boven, 66).

 

Suratlar: UzA

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top