12:12 / 12.10.2016
12095

Futbol yulduzlarining farzandlari futbol maydonlarida

Ronaldu, Runi, Totti...bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Bu familiyalarni eshitmagan, bilmagan futbol muxlisini topish amri mahol. Ammo, kelajakda, ular katta sportni tark etishganda ulardek va ayni familiyada yangi yulduzlar paydo bo‘lishi ehtimoli katta, desak xato bo‘lmaydi. Chunki, ularning o‘g‘illari ham yoshligidan mahoratli futbol maktablarida tajriba orttirishmoqda. Demak, quyida e'tiboringizga futbol yulduzlarining farzandlari haqida qisqacha ma'lumotlarni havola etamiz. 

Kay Runi, «Manchester Yunayted»

«Lester» jamoasi Angliya chempioni bo‘lganida Runining o‘g‘li otasidan Jyeymi Vardi futbolkasini xarid qilishini so‘ragan. «Manchester Yunayted» yetakchisining o‘g‘li ishonchini o‘zgartirib, «iblislar»ga muhabbat qo‘yishiga olti oygina vaqti bor edi.  Endilikda olti yoshli kichik Runi «MYu»ning bolalar jamoasi o‘yinchisi va bu yerda u Jyeysi Kerrik bilan birga o‘ynamoqda. 

Vladimir Berezutskiy, TsSKA

TsSKA bosh direktori Roman Babayev intervyulardan birida aytganidek, Vasiliy Berezutskiy 6 yoshli o‘g‘liga markaziy himoyachi bo‘lmaslikni tavsiya qilishi haqida so‘zlab bergan edi. 

Vasiliy shunday degan: «O‘g‘lim, bu yaxshi tanlov emas. Yomon joy. Chunki, sen katta bo‘lganingda, termada va TsSKA jamoasining bu ampluasida hamon men Ignashevich bilan o‘ynayotgan bo‘laman. Bu joylar band, sen boshqa yaxshiroq joyni tanla».

Mille Vernblum, TsSKA

Yana bir «armiyachi» Pontus Vernblum ham o‘z o‘g‘li uchun TsSKA akademiyasini tanladi. Besh yashar Mille yaqinginada qizil-ko‘k libosda o‘zining ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda, uning onasi Nina „Instagram“dagi sahifasida e'lon qilgan edi. 

Bernardu va Frasishku Danni, «Zenit»

Dannining 2015 yilda «Zenit»dan ketish ehtimoli asosiy tarkib uchun emas, balki Peterburg akademiyasi uchun “fojia” bo‘lishi mumkin edi. Bu yerda, egizak Dannilar 12 yoshli Bernardu va Fransishkular to‘p suradi. Ularning ikkisi ham otalari kabi yarim himoyachilar va maydonda hamda kiyinish xonasida ham yetakchilardir. Yaqinda ular Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirishgan bo‘lib, «Zenit» bosh direktori Maksim Mitrofanovning aytishicha, ular Piter jamoasi uzoq vaqt qolish imkoniyatiga ega. 

Kichik Krishtianu Ronaldu, «Posuelo-de-Alarkon»

Messidan farqli ravishda Ronaldu bir necha marotaba o‘g‘lida superyulduzni voyaga yetkazishini bir necha marotaba ta'kidlagan. Kichik Krishtianu o‘zining futbolchilik faoliyatini Ispaniya bolalar chempionatining to‘rtinchi divizionida boshladi. U bir hafta muqaddam, «Posuelo-de-Alarkon» jamoasi to‘p surib, ilk golini kiritdi va uni otasi uslubidek nishonladi. Katta Ronaldu o‘g‘lining o‘yinlarini kuzatib, unga hatto to‘plarni uzatib turgan. 

Eten Eto’O, «Malorka»

Eto’O Turkiyada futbolchilik faoliyatini tugatayotgan bir vaqtda, uning o‘g‘li Eten Eto’O otasi dong taratgan Ispaniyada katta futbol bilan tanishishni boshlab yuborgan. Kichik Eto’O «Malorka»ning o‘smirlar jamoasida to‘p surmoqda. Bu yerda, Samuel 16 yil avval to‘p surgan edi. 

Kristian Totti, «Roma»

«Roma» sardori nomi kelgusida ham Totti bo‘lib qoladigan ko‘rinadi. Franchesko faoliyatini tugatayapti, ammo uning o‘rnini o‘g‘li Kristian egallashi mumkin. Hozirda, 10 yoshli bolakay «Roma»ning bolalar jamoasida to‘p surmoqda va «Latsio»ni unutayapti. 

«O‘g‘lim malakasini ancha oshirayapti. Avvallari u ancha o‘yinqaroq edi, ko‘proq xursandchilik haqida o‘ylar edi. U hamon quvnoqlikni yoqtiradi. Aytishim mumkinki, ba'zan unda o‘zimning yoshligimni ko‘raman. Unga futbol o‘ynash, mashg‘ulotlarga borish yoqadi. Ammo, otasi uning yoshida o‘ynaganchalik yaxshi o‘ynamayapti», — deya hikoya qilgan Totti o‘g‘li haqida. 

 

Top