20:25 / 12.10.2016
12729

O‘zbekiston armrestling bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatining kuchli o‘ntaligidan joy oldi

Foto: Federatsiya armrestlinga Uzbekistana

1-10 oktabrda Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida armrestling bo‘yicha 38- va para-armrestling bo‘yicha 19-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 52 ta davlatdan 1200 ga yaqin sportchi, jumladan o‘zbekistonlik 29 sportchi ishtirok etdi, deb ma'lum qilindi O‘zbekiston armrestling federatsiyasida "Gazeta.uz" nashriga.

O‘zbekiston 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, dunyoning eng kuchli 10 ta jamoasi orasidan joy oldi.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda Zoxir Fayzullayev (50 kg gacha, o‘ng qo‘l), Muxlisa Tursunboyeva (45 kg gacha, o‘ng va chap qo‘l) va Doniyor Mirzayev (75 kg gacha, o‘ng qo‘l) armsport bo‘yicha jahon chempionlari bo‘lishdi. 

Mirzayev oltin medaldan tashqari, chap qo‘lda kumush medal qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Sulton Nematulayev (80 kg, chap qo‘l) va Shoxrux Abduyoqubov (65 kg, chap qo‘l) kattalar o‘rtasida vitse-chempionlar bo‘ldilar.

Xumora Raxmonqulova (50 kg gacha), Shahnoza Abdurahmonova (65 kg) va Dilobar Abdurahmonova (60 kg) o‘ng qo‘ldagi musobaqalarda bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Dmitriy Dukachev jahon chempionatining eng yaxshi hakami deb topildi.

 

Mavzuga oid
Top