Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi bahsli hududlarni o‘rgandi
Tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 yilning 5-14 oktabr kunlari Andijon va Farg‘ona shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasining Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘iziston Respublikasining Jalol-Obod, O‘sh va Botken viloyatlari tutashgan hududlarda Davlat chegaralaridagi 55ta uchastkada qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra tomonlar Protokol imzolashdi.
Uchrashuvlar do‘stona sharoitda, turli darajalardagi so‘nggi O‘zbekiston-Qirg‘iziston muloqotlari kabi ruhda o‘tdi.
Sentyabr oyida O‘zbekiston TIV delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumat delegatsiyalari ikki davlat chegaralaridagi 23ta uchastkada dala tekshiruvlari o‘tkazganligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:31 / 01.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekiston tomonidan berilgan yer uchastkalarini rasmiylashtirishni yakunladi
20:23 / 16.01.2025
Boku va Yerevan chegara delimitatsiyasi uchun yangi hududni belgilab oldi
11:25 / 22.04.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
22:35 / 19.04.2024