Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Xitoy rahbarlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Tszinpin Goada bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti vaqtida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Rossiya prezidenti va Xitoy raisi Suriya ishlari bo‘yicha fikrlar almashishdi. Putin xitoylik hamkasbini u yerdagi voqealar rivojidan xabardor qildi", deb aytdi Peskov.
Peskovning aytishicha, muloqot vaqtida ikki tomonning "terrorchilikka qarshi kurashish zarurligi borasida fikrlar o‘xshashligi" qayd qilingan. Bundan tashqari, O‘rta Osiyo ishlariga tashqi kuchlarning aralashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini muhokama qilishdi. Yetakchilar O‘rta Osiyo hududiga xalqaro terrorchilikning kirishiga qarshi o‘zaro harakatlarni davom ettirish zarurligini ta'kidlab o‘tishdi.
Peskovning ta'kidlashicha, Putin va Si Tszinpin shuningdek Koreya yarimorolidagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tishdi va u yerda yadroviy qurolsizlantirish o‘tkazish lozimligini ta'kidlab o‘tishdi.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026