Zidan: «Ronaldu gol urganidan xursandman»
«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Betis»ga qarshi o‘yin (6:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
Ketma-ket 4ta durangdan keyin shunday o‘yin o‘tkazganimizdan xursandman. Bugun faol harakat qilishimiz kerak edi. Bugungi kunda kuchsiz jamoalar yo‘q. Biz o‘yinni kuchli boshladik. Shunday o‘ynaganimizda raqiblarga qiyin bo‘ladi.
Isko haqida
U o‘zini juda yaxshi ko‘rsata oldi. U ikkita gol urganidan xursandman. Uning ishidan va o‘yinidan qoniqish hosil qildim.
Duranglar seriyasi haqida
Umid qilaman, bu boshqa takrorlanmaydi va biz o‘yin boshidan faol harakatlanishni boshlaymiz.
Raqiblar haqida
Boshqa raqiblar qanday o‘ynayotganiga ahamiyat bermaymiz. Biz har bir o‘yinda o‘z ishimizni bajarishimiz va to‘la kuch bilan harakat qilishimiz kerak.
Ronaldu haqida
Men undan xavotirda emasman. U hamisha gol urishni istaydi. Bu normal holat. U boshqa futbolchilarga ijobiy kayfiyat ulashadi. Bu muhim. U gol urganidan xursandman.
Mavzuga oid
21:56 / 20.07.2020
«Real»ning o‘tgan mavsumdagi xatosini takrorlagan «Barsa». Zidan chempionlikni qanday tortib oldi?
22:30 / 11.03.2019
Zidan «Real»ga qaytdi
21:48 / 31.05.2018
Ronaldu Zidanning ketishiga izoh berdi
09:00 / 17.08.2017