Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy boshqariluvchi koinot kemasini fazoga uchirdi
Foto: Globallookpress.com
Xitoy yer atrofi orbitasiga bortida ikkita taykonavt (fazogir) bo‘lgan "Shenchjou-11" boshqariluvchi koinot kemasini uchirdi. Kema parvozi CCTV telekanali orqali namoyish qilingan.
Kema Toshkent vaqti bilan 04:30 da Gansu viloyatidagi Tszyutsyuan kosmodromidan "Chanchjen-2F" raketa-tashuvchi yordamida koinotga yuborilgan.
Kema bortida ekipaj sardori Tszin Xaypen va uning sherigi Chen Dun bor. Xaypen avvalroq 2008 yil va 2012 yillarda koinotga safar uyushtirgan.
"Shenchjou-11" orbitada 15 sentabrda uchirilgan "Tyangun-2" koinot laboratoriyasi bilan tutashishi kerak. Bu yerda fazogirlar tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar o‘tkazadilar.
Hammasi bo‘lib taykonavtlar orbitada 33 kun bo‘ladilar, undan 30 kunini laboratoriyada o‘tkazadilar. Ular shu tariqa Xitoy kosmonavtikasi tarixida orbitada eng uzoq qolish bo‘yicha rekord o‘rnatadilar.
2017 yil aprelda birinchi Xitoy yuk kemasi "Tyanchjou-1" stansiyaga yoqilg‘i va oziq-ovqat yetkazadi.
Mavzuga oid
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha elektromobillarda yashirin eshik tutqichni taqiqladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026