Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand termasi motam tufayli JCh-2018 saralashida Avstraliyaga qarshi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkaza olmaydi
Foto: sovsport.com
Tailand Futbol Federatsiyasi JCh—2018 3-saralash bosqichidan joy olgan Avstraliyaga qarshi bellashuv o‘tkaziladigan joyni ko‘chirishni so‘rab, FIFA, OFK hamda Avstraliya futboli rahbariyatiga murojaat qildi. Terma jamoa Tailand qiroli Pxumiponning o‘limi tufayli mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan motam tufayli o‘yinni o‘z maydonida o‘tkaza olmasligini ma'lum qilgan.
«Biz umid qilamizki, Avstraliya terma jamoasi bizga qarshi ilk uchrashuvni o‘z maydonida qabul qilishga rozi bo‘ladi. Agar bunga kelisha olmasak, biz neytral maydon izlashimizga to‘g‘ri keladi. Gap o‘yin kunini emas, o‘yin o‘tkaziladigan joyni o‘zgartirish haqida bormoqda», — deya vaziyatga tushuntirish berilgan federatsiya tomonidan.
1946 yildan buyon taxtda bo‘lgan qirol Pxumipon 13 oktabr kuni 88 yoshida vafot etdi. Tailand hukumati yil oxirigacha mamlakatdagi barcha ko‘ngilochar va sport tadbirlarini bekor qilgan.
Tailandning Avstraliyaga qarshi o‘yini 15 noyabr kuni Bankokda bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Mavzuga oid
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
10:29 / 05.02.2026
Germaniya Avstraliya bilan nodir yer metallari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
18:50 / 20.01.2026