«Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron Amir Temur şaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir. Bu muzeyda bizning ötmişimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli közguda aks etgandek namoyon böladi. Kimki özbek nomini, özbek millatining kuç-qudratini, adolatparvarligini, çeksiz imkoniyatlarini, uning umumbaşariyat rivojiga qöşgan hissasini, şu asosda kelajakka işonçini anglamoqçi bölsa, Amir Temur siymosini eslaşi kerak».

Bu – Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning Toşkent şahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi oçilgan kunda, ya'ni 1996 yil 18 oktabrda «Faxriy mehmonlar kitobi»ga yozgan tarixiy dastxati...

Amir Temur ham, Islom Karimov ham tarix sahnasiga çiqib, nafaqat elimizni mustamlakaçilar istibdodidan ozod qildi, balki xalqimizning ğururini tiklaş, dunyoda qudratli davlatga asos soliş, tinçlik, bunyodkorlik, barqarorlik va farovonlik yölida kuraşişdek juda oğir va murakkab vazifani şaraf bilan ado etdi.

Mustaqillikka erişganimizdan söng Prezidentimiz Islom Karimov ma'naviy tiklaniş va yangilaniş islohotlarini uluğ ajdodlarimiz, xususan, Amir Temur bobomizning muborak nomi, boy merosi, xotirasi va tarixiy siymosini tiklaş asosiga qurdi.

– Mustaqillikning ilk yillarida Islom Karimov keng jamoatçilikka, tarixçi olimlarga murojaat etib, Amir Temur bobomiz nomini abadiylaştiriş masalasini qöydi, – deb eslaydi Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi, tarix fanlari nomzodi Nozim Habibullayev. – «Xalqimiz Sohibqiron bobomizning buyuk bunyodkorliklarini anglab, şundan ma'naviy kuç-quvvat olsa, dunyo jamoatçiligi Amir Temurni nafaqat eng qudratli davlat asosçisi, balki ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat homiysi, öz vaqtida Osiyo va Yevropa qit'alarida röy bergan tarixiy özgarişlarga hal qiluvçi ta'sir körsatgan buyuk şaxs ekanini bilsa, tarixiy adolat qaror topar edi», dedi. Prezidentimiz bu borada uç ğoyani taklif etdi: xalqaro hamjamiyatga Amir Temurning bunyodkorlik faoliyatini tanitiş, Xalqaro Amir Temur jamğarmasini tuziş, Sohibqiron va temuriylar davrini aks ettirgan muzey barpo etiş.

Eng katta muammo – jahon jamoatçiligining fikrini özgartiriş edi. Sobiq tuzum davrida Amir Temur şaxsi va faoliyatiga biryoqlama baho berilgan, buning asoratini davolaş oson emasdi. Boz ustiga, YuNeSKO katta sarkardalarning yubileyini nişonlamas edi... Islom Karimov ortga çekinmadi, YuNeSKO rahbariyatiga «Amir Temur boşqa sarkardalardan farqli ravişda bunyodkor şaxs bölgan, qay joydan bir ğişt olsa, örniga ön ğişt qöydirgan, bir daraxt kesdirsa, örniga ön köçat ektirgan, Sohibqironning dunyoda tinçlik örnatiş, Yevropani xalos etişdagi xizmatlarini, insoniyat sivilizatsiyasiga qöşgan hissasini dunyoga isbotlab beramiz», dedi.

Dastavval «Amir Temur – jahon tarixida» qomusiy kitobi tayyorlandi. Prezidentimiz kitob qölyozmasini öqib berdi. 1996 yili kitob xorij tillariga tarjima qilingaç, xalqaro jamoatçilik va dunyo tarixçilarining katta qiziqişiga sabab böldi. YuNeSKO Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda keng nişonlaş haqida qaror qabul qildi. 1996 yil mamlakatimizda Amir Temur yili, deb e'lon qilindi, yurtimiz böylab bu uluğ töyga tayyorgarlik boşlandi.

1996 yil 24 aprelda Parij şahrida «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yaşnaşi» haftaligi boşlandi. Öşa kuni Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov YuNeSKO Ijroiya kengaşi sessiyasida, YuNeSKO qarorgohida temuriylar davriga bağişlangan körgazma oçilişida nutq sözladi. Yurtdoşlarimiz yaxşi eslaydi: körgazma boşlanişiga ozgina vaqt qolganda, zalga kutilmaganda Fransiya Prezidenti Jak Şirak kirib kelgan. Islom Karimov Jak Şirakni ekspozitsiya böylab aylantirib, Amir Temurning insoniyat sivilizatsiyasiga qöşgan hissasi haqida zavq bilan sözlab bergan. Öşanda Jak Şirak «Islom Karimovdek öz Vatani tarixini bunçalik mukammal biladigan, uluğ ajdodlari nomini bunday yuksak e'zozlaydigan davlat rahbari dunyoda kamdan-kam böladi», deb qoyil qolgan. Fransiya Prezidenti Özbekiston rahbariga yuksak hurmat ifodasi sifatida Amir Temurning 1402 yili Fransiya Qiroli Şarl VI ga yöllagan nomasini taqdim etgan. Bu eksponat bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi eng noyob tarixiy hujjatlardan hisoblanadi. Aynan mana şu tarixiy haftalikda Birinçi Prezidentimizning jasorati va fidoyiligi bois dunyo ahli Parijda nima uçun XV asrdayoq Amir Temurga yodgorlik örnatilib, unga «Yevropaning xaloskoriga» degan çuqur ramziy ma'noli sözlar bitilganini, Sohibqiron xizmatlari tufayli Osiyo va Yevropa tarixda birinçi marta yagona jöğrofiy-siyosiy makonda birlaşganini teran angladi – jahon Amir Temurni buyuk bunyodkor sifatida tan oldi.

1996 yil 14 martda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Temuriylar tarixi davlat muzeyini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingaç, Birinçi Prezidentimiz bu muzey me'moriy şakli, tuzilişi haqida me'morlar, tarixçilar, ijodkorlar va ziyolilar bilan kengaşdi. Öşanda Islom Karimov bu muzey saroy va toj şaklini ifoda etişi, mamlakatimiz arxitektura san'atida durdona asar bölişi kerakligini aytdi. Quriliş işlari jadal boşlandi. Prezidentimiz bu yerga tez-tez kelar, muzey qurilişidagi har bir detalga qiziqib, sörab-suriştirar va har gal uning me'moriy yeçimida hal qiluvçi fikrlarni aytar edi. Şu bois muzey juda qisqa vaqtda – sakkiz oyda bunyod etildi.

Muzeyga kelgan har bir yurtdoşimiz, ayniqsa, yoşlar bu yerdagi har bir detalni tayyorlaşga Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov boş-qoş bölganini yoddan çiqarmasligi kerak. Muzey dastlab işga tuşgan vaqtda bu dargohga kirib çiqqan yoşlarning qiyofasini köp kuzatardim: öz tarixini, qanday uluğ zotlarning avlodi ekanini bilgan nigohlardagi hayratni körsangiz... Bu yil Gollandiyada Amir Temur merosiga bağişlangan xalqaro anjumanda qatnaşdik: 20-25 davlatdan yirik tarixçi olimlar ma'ruza qildi,  birinçi marta ularning heç biri «Tamerlan» sözini tilga olmadi. Bu – dunyo Amir Temurni buyuk bunyodkor şaxs sifatida töla tan olganining yana bir amaliy isboti. Bu – Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning Sohibqiron şaxsini abadiylaştiş borasidagi köp yillik kuraşlarining amaliy natijasi.

Ha, 1996 yil 18 oktabr sanasi çindan ham xalqimiz tarixida unutilmas bayram bölgan. Öşa kuni Toşkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Samarqand va Şahrisabz şaharlarida Amir Temur haykallari oçilgan, bu muazzam şaharlar Amir Temur ordeni bilan mukofotlangan. Barça tadbirda Birinçi Prezidentimiz qatnaşib, nutq sözlagan.

Yoğoç öymakorligining yorqin namunasi – körkam eşiklardan muzeyning ekspozitsiya zaliga kiramiz. Imoratning butun aylanasi, yarim oçiq ayvonlari salobatli. Oq rangli ustunlar bilan bezalgan. Taşqi devorning aylana yuzasi sirkor sopol medalonlar bilan naqşlangan. Ularda arab alifbosidagi suls xatida Adolat, Itoat, Zarofat, Ma'rifat, Diyonat, Oqibat, Marhamat, Qadriyat, Sadoqat, Muvaffaqiyat, Matonat, Muruvvat, Şijoat, Maşvarat sözlari bitilgan. Amir Temur ham, Islom Karimov ham öz faoliyatida milliy va umumbaşariy ma'naviyatning özagi bölgan bu ezgu tuşunçalarga sidqidildan amal qildi, ularning hayotimizda öz isbotini topişi uçun kuraşdi.

 – Muzeyimizda 5 mingdan ziyod eksponatlar bor, – deydi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurşid Fayziyev. – Ular orasida miloddan avvalgi 2 mingyillikka oid Sopollitepa va Jarqöton topilmalari, Dalvarzintepaning milodiy I asrga oid oltin buyumlari, Afrosiyob va Toşkentdan topilgan X-XI asrga oid sopol idişlar, Amir Temur va temuriylar davriga oid köplab noyob qölyozmalar, rasmiy hujjatlar, kumuş va mis tangalar, sopol idişlar, mis buyumlar, me'moriy qoplamalar, qurol-yaroğ, çolğu asboblari, etnografik buyumlar mavjud. Sönggi uç yilda muzeydagi ekskursiyalar soni 10 mingdan ortdi. Muzey sayti (temurid.uz) özbek, rus, ingliz tillarida işlab turibdi. Bu yil “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda muzeyning töliq virtual körinişi yaratildi. Unda muzey zallari böylab sayohat va eksponatlar zamonaviy 3D şaklda namoyon böladi. Muzey, Birinçi Prezidentimiz orzu qilganidek, ilmiy markazga aylandi. Ilmiy xodimlarimiz hozirgaça öndan ziyod mavzularda ilmiy tadqiqotlarni amalga oşirdi. Yubiley albomlari, töplamlar, monografiyalar naşr etilmoqda.

...Muzeyning sovğalar bölimi. Bu yerda fransiyaliklar bergan Amir Temur byusti, Berlin Islom muzeyidan kelgan “Boysunğur Mirzoning 28 miniatyurasi” kitobi, Qozoğiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev sovğa qilgan “Alma-Arasan darasi” kartinasi, Ozarbayjonning islimiy naqşli duxoba gilami kabi önlab noyob tuhfalarni köriş mumkin.

 Ular orasida Birinçi Prezidentimiz sovğalari alohida qiymatga ega: Sohibqironning ot ustida va taxtda ötirgan çinni haykallari, kök billur vaza, Amir Temur va Mirzo Uluğbek tasviri tuşirilgan çinni lagan, XIX asrga oid mis köza. 

– Noyob eksponatlarimizdan – arab tarixçisi Ahmad ibn Arabşohning “Ajoyib al-maqdur fi axbori at-Taymur” asarini (1436 yil) ham Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yil 24 iyulda muzeyga taqdim etgan, – deydi muzey kiçik ilmiy xodimi Dilnoza Azizova. – Asar XVII asrda Gollandiyada “Elseviriana” bosmaxonasida arab tilida çop etilgan. 1401 yili Amir Temur buyruği bilan damaşqlik olimlar bilan Samarqandga kelgan 12 yoşli ibn Arabşoh 1408 yilgaça Samarqandda yaşagan. U öz asarida Amir Temur davlati va unga çegaradoş mamlakatlar siyosiy, xöjalik va madaniy turmuşi haqida köplab tarixiy ma'lumotlarni yozib qoldirgan.

...Yillar, asrlar ötadi. Xalqimiz omon ekan, mamlakatimiz şon-şavkatini yuksaltiriş, xalqimiz turmuşini farovon etiş, farzandlarimiz kamoloti yölida kuraşgan Amir Temur va Islom Karimov nomlari yonma-yon tilga olinaveradi. Zotan, xalqimizning tinç, tökin va barqaror hayoti, yoruğ kelajagi yölida fidoyilik va jasorat körsatgan Xaloskor qahramonlar  nomi haqli ravişda abadiyatga daxldordir.

Umid Yoqubov, ÖzA şarhlovçisi